Jurnal haqida

“O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy elektron jurnali va internet portali filologiya sohasidagi ilmiy natijalarni yoritishga xizmat qiluvchi zamonaviy axborot maydonidir.

“Oʻzbekistonda xorijiy tillar” ilmiy elektron jurnali mamlakatimiz gumanitar yoʻnalishidagi dastlabki elektron ilmiy nashrlardan biri hisoblanadi.

 “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 oktyabrdagi № 283-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatida mavjud.

Jurnalning vazifasi — lingvodidaktikaning holati va rivojlanish istiqbollari, nazariy lingvistika, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, tarjimashunoslik, adabiyot va madaniyat, jurnalistika sohalariga oid tezkor ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazib berishdan iborat. Shuningdek, jurnal gumanitar sohani ommalashtirish, olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o‘ziga xos maydon yaratadi hamda axboriy faoliyatni amalga oshiradi.

Jurnal foydalanish uchun ochiq.  Jurnalning e’lon qilingan sonlari tarkibi va maqola matnlari saytning “Arxiv” ruknida erkin foydalanish uchun ikki xil: veb sahifa va kitob k o‘rinishida joylashtirilgan.

Jurnal muassislari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnali va internet-portalining ta’sischilari hisoblanadi.

Nashr davriyligi

Jurnal davomiy e’lon qilib boriladigan tarmoq nashri bo‘lib, uning bosma muqobil varianti mavjud emas. Jurnal bir yilda 6 marotaba chop etiladi. Har ikkinchi oyning 20-sanasi e’lon qilish muddati etib belgilangan.

Taqrizlash

E’lon qilish uchun qabul qilingan maqolalar antiplagiat dasturi orqali tekshirilgandan soʻng muallif haqidagi ma’lumotlar ma’lum qilinmagan holda taqrizga yuboriladi.

Maqola tili

Original, avval hech qayerda e’lon qilinmagan, oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillardagi maqolalar qabul qilinadi.  

Indeksatsiyalash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Crossref, DOI (digital object identifier), eLIBRARY, E-Line, Google scholar. “Google Akademiya” — publikatsiyalarning barcha koʻrinish va tartiblari uchun qidiruv tizimi.

Maqolalarni moliyalashtirish — Maqolalar tahririyat tomonidan maxsus buyurtma qilinmagan taqdirda mualliflar hisobidan moliyalashtiriladi. Nashr narxi — 450 ming soʻm.

 

Taqrizchilar

L.T. Аxmedova, p.f.d., professor, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

D.S. Qulmamatov, f.f.d., professor, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

V.I. Normuradova, f.f.n., dotsent, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

N.D. Djusupov, f.f.n., dotsent, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

N.K. Toshpoʻlatova, f.f.n., dotsent, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

M. R. Galiyeva, f.f.d., professor, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

N. S. Sayidiraximova, f.f.n., dotsent, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

B. B. Toʻraeva, f. f.d., dotsent, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

 

Kontakt ma’lumotlar

“Oʻzbekistonda xorijiy tillar” portali va elektron jurnalining direktori — Shukurova Gulmira Rustamovna.

Mas’ul kotib — filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kayumova Venera Favarisovna.

Telefon: +998 95 340 61 77 (9:00 dan, 16:00 gacha)
Maqola masalalari boʻyicha: 
info@fledu.uz

 

Tahririyat manzili

100138 Kichik Xalqa Yoʻli koʻch., 21a, Tashkent, Oʻzbekiston.

Е-mail: info@fledu.uz